
Lukakudan qutilish uchun shu yo‘lni tanladik!
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa tarixidagi eng qimmat transfer – Romelu Lukakuning “Inter”ga ijaraga berib yuborilganiga munosabat bildirdi.
Ma’lumki, “aristokratlar” belgiyalik hujumchini bir yil muqaddam “Inter”dan 97,5 million funtga sotib olgan edi. O‘yinchi Angliya premer-ligasida o‘ynay olmadi.
Endi Lukaku bir yil Milanda to‘p tepadi. Kelishuvga ko‘ra, “Inter” bir mavsum ijara uchun 8 million evro to‘laydi. Lukaku maoshni London klubidan oladi.
- Shunday qilishdan boshqa choramiz yo‘q edi. Romelu va uning agenti bilan gaplashganimizdan keyin barchasi oydinlashdi va biz eng to‘g‘ri yo‘lni tanladik, - dedi Tomas Tuxel.
Romel Lukaku o‘tgan mavsum Angliya premer-ligasida atigi sakkizta gol urdi va bu tajribali hujumchining kuchli beshlik chempionatlaridagi faoliyati davomida qayd etgan eng yomon natijasi bo‘ldi.
Fikrlar