Lyubinko Drulovich Buxoroda seminar o‘tkazdi

  • 19 may, 2019, 14:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan futbol murabbiylarining malakasini oshirish, yuqori saviyali murabbiylar tayyorlab borish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Tecno

Jumladan, Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan futbol murabbiylari uchun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich ishtirokida seminar tashkil qilindi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tajribali serbiyalik mutaxassis seminar davomida yig‘ilganlar bilan o‘z ish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Mashg‘ulotlar olib borish, futbolchilar bilan individual ishlash, o‘yinga taktik sxemalar tayyorlash, turli uslublar orqali hujum tashkil qilish va himoyalanish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!