
"Madrid derbisi" oldidan Anchelottida muammolar paydo bo‘ldi...
"Real" Madrid jamoasi Ispaniya kubogi doirasida "Atletiko" Madridga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin oldidan "qirollik klubi" safida yo‘qotishlar mavjud ekani ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, tarkibda Eden Azar, Dani Karvaxal, Orelen Tchuameni va Lukas Vaskes jarohat orttirib olgan. Ular bugun ham jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi.
Derbida qatnashishi noma’lum bo‘lib turgan Alaba bugun mashg‘ulotlarga kirishdi. U o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, "Real" - "Atletiko" bellashuvi 27 yanvar kuni 01:00 da start oladi.
Fikrlar