"Madrid derbisi"da "Atletiko" "Real" ustidan ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi

  • 27.09.2025 21:11
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol

La Liganing 7-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Real" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda "matraschilar" zafar quchishdi. 

Dastlab, 14-daqiqada Le Norman hisobni ochdi, 25-daqiqada esa Mbappe ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas Gyuler Vinisiusning ajoyib uzatmasidan so‘ng jamoasini oldinga olib chiqdi. Shundan keyin mezbonlar tarkibidan Syorlot boshi bilan darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi taymda esa Alvares penalti va jarima zarbasidan gollar urib, dubl qildi. So‘nggi daqiqalarda Grizmann oradagi farqni 3 taga etkazib qo‘ydi. 

Shu tariqa, "Real" 18 ochko bilan birinchi o‘rinda qoldi, lekin "Barselona" bu turda Madrid klubidan o‘tib ketishi mumkin. "Atletiko" esa 4-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. 

  • Ispaniya - La Liga
  • Joriy Mavsum
7980.png

Atletiko Madrid

  • Antoine Griezmann 90'
  • Robin Le Normand 14'
  • Julián Alvarez 51'
  • Alexander Sørloth 45'
  • Julián Alvarez 63'
Tugadi
5 : 2

27.09.2025 19:15

3468.png

Real Madrid

  • Arda Güler 36'
  • Kylian Mbappé 25'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Turaev Ikromjon
27/09/2025 22:11
Хави Алонсо узини ким деб уйлаяпти. Факат ротация. Асосий таркиб йук. Хамма Анчелоттини емонлайди. Унинг даврида янги футболчи нечта олинди