Maguayr: "Manchester Yunayted"ga kuchli transferlar kerak"

  • 10.04.2026 12:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr yozgi transfer oynasi jamoa uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishini ta’kidladi. Uning so‘zlarini "The Athletic" nashri keltirdi.

Futbolchining aytishicha, klubga jamoani kuchaytirish uchun ko‘proq sifatli o‘yinchilar zarur. "Bu yoz juda katta bo‘ladi. Bizga ko‘proq futbolchilar kerak, bizga ko‘proq sifat kerak. Biz asosiy tarkibini kuchaytiradigan o‘yinchilarga muhtojmiz", — dedi Maguayr.

U shuningdek, yangi murabbiy qo‘l ostida "Manchester Yunayted" so‘nggi oylarda yaxshi natijalar ko‘rsatayotganini qayd etdi. Uning fikricha, "qizil iblislar" asta-sekin kuchli jamoaga aylanib bormoqda.

31-turdan so‘ng "Manchester Yunayted" Angliya Premier-ligasi turnir jadvalida 55 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!