Maguayr: Ronaldu va gol so‘zlari har doim yonma-yon yuradi

  • 07.08.2022 15:12
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" himoyachisi va sardori Garri Maguayr hujumchi Krishtianu Ronalduning mankunianliklar klubiga qaytishi haqidagi savolga javob qaytardi. Shuningdek, u 37 yoshli portugaliyalikning ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Gol va Ronaldu so‘zlari har doim yonma-yon yuradi. Krishtianu — ajoyib xarakterga ega futbolchi. Uning "Manchester Yunayted"da bo‘lishi jamoa uchun foydali.

Matbuot ko‘plab mish-mishlar tarqatmoqda. Krishtianu ham bunga tez-tez duch keladi. Uning har qanday harakati muxlislar tomonidan diqqat bilan o‘rganiladi. Agar yaxshi harakat qilsangiz maqtov eshitasiz, aksincha bo‘lsa tanqidlar ostida qolasiz. Bu — futbol”, -  deya Maguayrning so‘zlarini keltiradi “Sky Sports” nashri.

7 avgust, yakshanba kuni “Manchester Yunayted” Angliya Premer ligasining 1-tur doirasida “Brayton”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. O‘yin Manchesterdagi "Old Trafford" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!