Maguayr Ronalduga qanday gapirsin!

  • 10.04.2022 17:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bavariya” va Kanada terma jamoasi himoyachisi Alfonso Devis “Manchester Yunayted” yulduzi Krishtianu Ronaldu va sardori Harri Maguayr haqida fikr bildirdi.

- Ronaldu XXI asrning eng zo‘r o‘yinchilaridan. Tasavvur qiling, siz Ronaldusiz, Harri  Maguayr sizning sardoringiz. Bilmayman, Harri Krishtianuga nima deya olarkin. Men Maguayrni mahokama qilmayman, lekin sardorlik bog‘ichini Ronalduga topshirish kerak, - dedi Alfonso Devis.

Portugaliyalik yulduz Manchesterga kelganidan beri 33 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 18 ta gol va uchta assist yozdirib qo‘ydi.

Maguayr himoyada mustahkam o‘ynash qatorida 32 ta uchrashuvda bir juft to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!