MakGregor Moskvada matbuot anjumani o‘tkazmoqchi...Maqsad viski masalasiga o‘xshamaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Promouter Komil Gadjiev irlandiyalik Konor MakGregorning Moskvada matbuot anjumani o‘tkazishi, UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bilan revansh jangini targ‘ib qilish bosqichi ekanligini ta’kidladi.

"Men provokatsiya so‘zini ishlatmagan bo‘lardim.  Bu Moskvada Xabib va Konor to‘qnashuvining targ‘ib qilish jarayoni. Anjuman mazkur jangni tashkil qilishning dastlabki qadamlaridan biri”,-deya, Gadjievning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda TASS.

Ma’lumot uchun, MakGregor 24 oktyabr kuni Moskvada matbuot anjumanini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!