
Maks Xollouey: "Xabib haqiqiy erkak"
Yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Maks Xollouey kelajakda engil vazn toifasidagi chempion Xabib Nurmagomedovga qarshi jang o‘tkazish niyatida.
"Albatta men bu jangni xohlayman. Xabib – mag‘lubiyatsiz odimlamoqda, u haqiqiy erkak, lekin mendan bitta baland dvizionda harakat qiladi.
Nurmagomedov men bilan baribir to‘qnash keladigan raqiblardan biri sanaladi. Hamma menga engil vaznga qaytishim kerakligini aytishadi. Hozirda esa asosiy vazifam yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamarni himoya qilishdir.
Ammo engil vaznga qaytganimda Xabib men bilan jang qiladi deb umid qilaman. U hozirda tengsiz! U bilan bo‘ladigan bahs meni juda hayajonlantiradi ”,- dedi Xollouey
Eslatib o‘tamiz, 14 dekabr kuni Las-Vegasda UFC 245 doirasida Maks Aleks Volkanovskiyga qarshi himoya jangini o‘tkazadi.
Fikrlar