Maldini PSJda ish boshlashi mumkin
Yaqindagina "Milan" bilan xayrlashgan Paolo Maldini PSJda ish boshlashi mumkin. Bu haqda nashri "Corriere dello Sport" xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, parijliklar Luish Kampushning faoliyatidan biroz norozi va unga o‘rinbosar izlamoqda. Variantlar orasida italiyalik mutaxassis ham bor.
Eslatib o‘tamiz, Kampush o‘tgan yozda PSJgi kelgan. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar