Mana shu futbolchini olsa, “Barsa” yangi bosqichga ko‘tariladi

  • 27.03.2023 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yaqin o‘tmishning eng mashhur hujumchilarijan hisoblangan Patrik Klyuyvert “Barselona” yangi bosqichga ko‘tarilishi uchun nimalar qilishi kerakligini aytdi.

- “Barselona” birinchi navbatda moliyaviy qoidalarga amal qilishi kerakligini bilaman, lekin klub yana bir hujumchi xizmatlariga muhtoj. Robert Levandovskining bir o‘zi kamlik qiladi.

Menga portugaliyalik Gonsalu Ramush juda yoqyapti. U terma jamoada ham, “Benfika”da ham zo‘r o‘ynayapti. Mana shu hujumchi “Barselona”ni yangi bosqichga ko‘taradi, - dedi Patrik Klyuyvert.

Ramush 2020 yildan beri “Benfika” sharafini himoya qilib kelmoqda. Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatidan keyin unga e’tibor yanada kuchaydi. Lissabonliklar bilan 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchi 40 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!