Manba: Frenki de Yong “Manchester Yunayted”ga o‘tishga rozi bo‘ldi

  • 15 avgust, 2022, 15:08
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya terma jamoasi va "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong "Manchester Yunayted"ga o‘tishga yaqin turibdi. Insayder Aleks Krukning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, “qizil iblislar” yarim himoyachining transferini 22 avgustgacha yakunlaydi.

Tecno

Avvalroq matbuotda de Yong "Old Trafford"ga o‘tishni istamagani haqida xabarlar tarqalgandi, ammo vaqt o‘tishi bilan mankunianliklar futbolchini ko‘ndira olishgan.

Frenkining transferi “qizil iblislar”ga 60 million evroga tushadi. Gollandiyalik futbolchi 2019 yildan buyon “Barselona” safida to‘p tepadi.

Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda La Liga doirasidagi 32 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!