Manba: “Manchester Yunayted” 48 soat ichida Kazemiro transferini yakunlaydi

  • 19.08.2022 14:55
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"Real" yarim himoyachisi Kazemiro "Manchester Yunayted"ga o‘tishga yaqin turibdi. Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, braziliyalik 48 soat ichida "qizil iblislar" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Ayni damda ingliz klubi "qirollik klubi"ning 60 million evrolik taklifni qabul qilishini kutilmoqda. Shundan so‘ng futbolchiga Buyuk Britaniyaga uchib ketishga ruxsat beriladi. Biroq, futbolchi oldin viza olishi kerak bo‘ladi va hozirda “Manchester Yunayted” bu borada faol ishlarni amalga oshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kazemiro "Manchester Yunayted"ga o‘tishga rozi bo‘ldi, chunki klub unga maosh bo‘yicha qulayroq shartnoma taklif qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!