Manba: Oston O‘runov jamoasiga kim murabbiy bo‘lishi aniq

  • 23.12.2020 16:39
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol

Moskvaning "Spartak" klubiga yangi bosh murabbiy kelishi oydinlashmoqda. Domeniko Tedesko shartnomasi yakunlanganidan so‘ng, o‘z o‘rnini bo‘shatadi. Bu haqda sports.ru nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, germaniyalik murabbiy o‘rnini portugaliyalik Leonardu Jardim egallaydi. Moskvaliklar Tedesko bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Shu bois ayni paytda ishsiz yurgan Jardim Oston O‘runovning yangi ustoziga aylanishi kutilmoqda. Tomonlar allaqachon kelishib olganliklari aytilmoqda.

Leonardu Jardim oxirgi marta Frantsiyaning "Monako" klubini boshqardi. U 2019 yili lavozimidan ozod etilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abduvali Rustamov
25/12/2020 20:00
Jardim jusa yaxwi murabbiy yoshlar bilan ishlashni va ularni kashf qilishni qoyillatadi Killian Mbappenixam Jardim kashf qilgan
&
FANAT-MYU
23/12/2020 17:06
Ha bu Oston Uchun juda qulay murabbiy ishoning Ostonni Spartakning eng ishonchli o‘yinchisiga aylantiradi mana ko‘rasizlar