
Manba: O‘zbekiston klubi Oston O‘runovga yana qiziqish bildirmoqda
Metaratings.ru xabariga ko‘ra, “Spartak” futbolchisi Oston O‘runov tez orada O‘zbekiston chempionatiga qaytishi mumkin.
O‘runovga ayni damda O‘zbekiston chempionati peshqadami bo‘lib turgan “Navbahor” qiziqish bildirmoqda. Muzokaralar O‘runovning maoshini kamaytirishga tayyor emasligi bilan murakkablashmoqda. Shu bilan birga, "Spartak" Ostonni sotmoqchi.
Qizig‘i, O‘runovga “Navbahor” avvalroq ham qiziqish bildirgan. “Lochinlar”ning Ostonga qiziqishi ilk bor bir necha oy oldin, u hali “Ufa” safida pley-off bosqichida o‘ynab yurgan paytda ma’lum bo‘lgandi.
O‘runov 2018-2019 yillarda “Navbahor” safida to‘p tepgan. Transfermarkt portali uni 700 ming evroga baholamoqda.
Ostonga Koreyaning "Jonbuk Motors" klubi qiziqish bildirayotgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.
Fikrlar