"Manchester Siti" EChL finaliga qanday tayyorlanmoqda?

  • 18.05.2021 11:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsumning qolgan qismida futbolchilarning kayfiyati haqida tashvishda emasligini aytdi.

"Shaharliklar"ni oldinda APL doirasida "Brayton" va "Everton" bilan, shuningdek Chempionlar ligasi finalida "Chelsi" bilan o‘yin kutmoqda.

"Nyukasl" bilan o‘yindan so‘ng, men futbolchilarga ikki kun futbolni unutish va oilalari bilan dam olishlari uchun vaqt berdim. Endi biz ishlashimiz kerak. Yigitlar mashg‘ulotlarda juda yaxshi harakat qilishmoqda. "Everton" ga qarshi o‘yindan so‘ng Chempionlar ligasi finali haqida o‘ylashimiz uchun bizda yana 6 kun vaqt bo‘ladi. Hozir esa "Brayton" haqida o‘ylashimiz kerak. Biz finalga eng zo‘r kayfiyatda bormoqchimiz. Jamoa bo‘lajak o‘yinda g‘alaba qozonish uchun o‘ynaydi va bu finalga tayyorgarlikning eng yaxshi usulidir. Shundan so‘ng biz "Chelsi"ga ko‘proq etibor qaratamiz ", - dedi Gvardiola.

“Brayton” – “Manchester Siti” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!