"Manchester Siti" Gvardiolaga o‘rinbosar qidirmoqda. Nomzodlar orasida sobiq "Real"chi ham bor!

  • 19 oktabr, 2024, 09:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubni tark etsa, o‘rniga "Bayer" ustozi Xabi Alonso nomzodi asosiy bo‘lib turibdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Siti" rahbariyati mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan Gvardiolaga munosib o‘rinbosar izlashga kirishgan. Potentsial nomzodlar orasida Xabi Alonso ham bor. O‘z navbatida Alonso ham 2024/25 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin nemis klubini tark etishi mumkin.

Avvalroq "Manchester Siti" bosh murabbiyiga nomzodlar orasida “Sporting” bosh murabbiyi Ruben Amorim ham borligi xabar qilingandi.

Gvardiola 2016 yilning yozidan buyon "Manchester Siti"ni boshqarib kelmoqda. Xabi Alonso esa o‘tgan mavsum "Bayer" bilan Bundesliga chempionligi va Germaniya kubogini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!