“Manchester Siti” katta transferni yopdi
“Manchester Siti” uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, “Napoli” rahbariyatini Kalidu Kulibalining transfer summasini 70 million evrogacha tushirishga ko‘ndirdi. Bunga qo‘shimcha tarzda manchesterliklar turli bonuslar ham qo‘shib beradi.
Bungacha, neapolliklar senegallik markaziy himoyachini 100 million evrodan kamiga qo‘yib yubormayotgan edi.
Futbolchining o‘zi Gvardiola jamoasi bilan besh yillik shartnoma va yiliga 10 million evro maosh borasida kelishib olgan.
Kulibali yakunlangan mavsumda A Seriyada 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar