
“Manchester Siti” Messidan voz kechdi
“Manchester Siti” rahbariyati jamoaga “barselona” etakchisi Lionel Messini taklif etish fikridan qaytdi.
Avvalroq, “shaharliklar” argentinalik hujumchining yozda erkin agentga aylanishini inobatga olib, u bilan yanvardan muzokaralarni boshlashga tayyorligini bildirgandi. Manchesterliklarning Messini olmasligi uning yoshi o‘tib qolgani va katta maosh talab qilishi bilan bog‘liq.
“Manchester Siti” bilan yangi shartnoma imzolagan bosh murabbiy Xosep Gvardiola ham Dionel Messi faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi va o‘sha erda yakunlashi maqsadga muvofiq ekanini aytgandi.
Messi kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni yozning o‘rtalarida to‘xtatib qo‘ygandi. Agar tomonlar bir to‘xtamga kelmasa, “Barsa”da tirik afsonaga aylangan futbolchi yozda erkin agentga aylanadi.
Sulsher nega Pogbani o‘ynatmayapti?
Futbol o‘ynashni frantsiyalik go‘zallardan o‘rganing! Jamoa besh yil yutqazmadi
“Barselona” kutayotgan Jezus “Siti”ning asosiy hujumchisiga aylanadimi?
Fikrlar