"Manchester Siti" MYuning sobiq himoyachisi uchun 33 mln evro bermoqchi
“Manchester Siti” klubi “Vest Bromvich” himoyachisi Jonni Evansni sotib olish fikridan hamon qaytmayapti.
Bleacher Report nashri muhbiri Din Jonsning ma’lum qilishicha “shaharliklar” 29 yoshli futbolchi uchun “Vest Bromvich”ga 32,8 mln evrolik taklif tayyorlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Vest Bromvich” Evans borasida “Siti”ning dastlabki taklifini rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar