"Manchester Siti" raqibni ayab o‘tirmadi
Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqich 3-turi "A" guruhidan o‘rin olgan "Bryugge" - "Manchester Siti" uchrashuvi yakunlandi. Bir tomonning yaqqol ustunligida o‘tgan bahsda Gvardiola shogirdlari raqibdan 5:1 hisobida ustun keldi.
"Shaharliklar" safida Mahrez dubl qayd etgan bo‘lsa, Palmer, Uoker va Kanselu bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Belgiya jamoasi safida Vanaken raqib gollariga bir bor javob qaytara oldi.
Ochkolarini 6 taga etkazib olgan "Siti" ayni damda o‘z guruhida 6 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Bryugge" hisobida hozircha 4 ochko bor va ular 3-pog‘onani band etgan.
Shuningdek, "Beshiktosh" maydoniga safar qilgan "Sporting" ham bu turda yirik 4:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi va "S" guruhidagi 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.



Fikrlar