"Manchester Siti" Rodrining 70 mln evrolik tovon pulini to‘lashga tayyor
Madridning "Atletiko" klubi xavbeki Rodri faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishga juda yaqin turibdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha "Manchester Siti" 22 yoshli futbolchi uchun uning shartnomasida ko‘rsatilgan 70 mln evroni to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Rodri o‘tgan mavsum “Atletiko” safida jami 47ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar