"Manchester Siti" Xolandni narxini "Real"ga aytdi
"Manchester Siti"ning norvegiyalik toʻpurari Erling Xoland hamon "Real"ning qiziqishlar doirasida boʻlib turibdi, deb xabar bermoqda Fichajes jurnalistlari.
Manbaga koʻra, ingliz top-klubi 200 million yevro atrofida pul toʻlasa, markaziy hujumchi bilan xayrlashishi mumkin. Agar madriddliklarni braziliyalik Vinisius Juniyor tark etsa, uni sotishdan tushgan mablagʻ Xolandni sotib olishga sarflanadi.
25 yoshli hujumchi 2022 yilning yozidan beri "shaharliklar" sharafini himoya qilmoqda. Erling va ingliz klubi oʻrtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2034 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.



Fikrlar