"Manchester Siti" yarim himoyani kuchaytirishga kirishdi

  • 27.06.2026 16:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" "Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonalini oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Telegraph Sport nashri xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, "shaharliklar" futbolchi uchun kurashda "Tottenxem"dan oldin chiqishni maqsad qilgan. Elliot Andersonning "Nottingem Forest"dan ketishi bilan bogʻliq transfer yakunlangach, "Siti" Tonalini olish boʻyicha harakatlarini yanada faollashtirgan. Tomonlar oʻrtasida muzokaralar boshlab yuborilgan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 80 million yevro atrofida baholamoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda "Manchester Siti" Angliya Premyer-ligasini ikkinchi oʻrinda yakunladi. Chempionlik esa "Arsenal" jamoasiga nasib etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!