Manchester superklubi – iste’dodlar qabristoni!
Angliya futboli tarixidagi eng yorqin o‘yinchilardan biri Maykl Ouen keyingi yillarda inqirozdan chiqolmayotgan “Manchester Yunayted”ni keskin tanqid qildi.
Uning ta’kidlashicha, klub rahbariyati doim aybdorlarni qidirish bilan ovora, lekin jamoada biror ijobiy o‘zgarish ro‘y berayotgani yo‘q.
- Ser Aleks Fergyuson ketganidan keyin “Manchester Yunayted” xo‘jayinlari ko‘p marotaba bosh murabbiyni o‘zgartirdi. Keyinlar jamoani ayblay boshlashdi. Milliardlab mablag‘ sarflab, jahonning eng zo‘r o‘yinchilarini olib kelishdi.
Ammo oxirgi o‘n yillikda klubda iste’dodli futbolchilar qabristoniga aylanib qoldi, - dedi Maykl Ouen.
Eslatib o‘tamiz, Maykl Ouen futbolchilik faoliyati davomida “Liverpul”, “Real Madrid”, “Nyukasl Yunayted”, “Stok Siti” qatorida “Manchester Yunayted”da ham to‘p tepgan.



Fikrlar