“Manchester Yunayted” Abraxam uchun Ronalduni qurbon qiladi

  • 2 oktabr, 2022, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Temmi Abraxam “Chelsi”dan “Roma”ga o‘tib, to‘purarli mahoratini namoyish qilayotganidan beri “Manchester Yunayted” angliyalik hujumchiga xaridor bo‘lib kelmoqda. Manchesterliklar uni qo‘lga kiritish uchun murakkab sxema o‘ylab qo‘ydi.

Tecno

Unga ko‘ra, manchesterliklar Krishtianu Ronalduga qiziqish bildirayotgan “Chedsi” xo‘jayin Todd Byolining istagini amalga oshirib, portugaliyalik to‘purarni “aristokratlar” safiga o‘tishiga yo‘l ochib beradi.

Bu orqali manchesterliklar “Chelsi” yozda Abraxamni birinchi sotib olish huquqidan foydalanmasligini ta’minlamoqchi. Kelishuvga ko‘ra, londonliklarda 2023 yilning yozida o‘z tarbiyalanuvchisini Rim klubidan 80 million evroga xarid qilish huquqi bor.

“Manchester Yunayted” londonliklar Ronaldu bilan kifoyalanib Abraxamni sotib olmasa, yozda Temmini Manchesterga olib kelish bo‘yicha ish boshlaydi. Angliyalik hujumchining o‘zi A Seriyada uzoq qolmoqchi emasligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!