
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyni xafa qildi
The Telegraph nashrining xabar berishicha, “Manchester Yunayted” rahbariyati “Ayaks” hujumchisi Antonini transfer qilmaydigan bo‘ldi.
Erik ten Xag manchesterliklarni qabul qilib olganidan keyin sobiq shogirdini yangi jamoasiga olib kelishni rejalashtirgan edi. Biroq, klub mutasaddilari bosh murabbiyning bu talabini bajarmaydigan bo‘ldi.
22 yoshli braziliyalik hujumchi “San-Paulu” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2020 yilning yozida amsterdamliklar uni 15,75 million evroga transfer qilgan edi.
Antoni faoliyati davomida 119 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 28 ta gol va yana shuncha assist yozdirib qo‘ygan. “Ayaks” bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadigan hujumchi 35 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar