«Manchester Yunayted» darvozaboni rasmаn «Sel'ta»gа o‘tdi
«Manchester Yunayted» darvozaboni Altay Bayındır rasmiy jamoasini oʻzgartirdi. Turkiyalik posbon ijara asosida Vigo shahrining «Selta» klubiga oʻtdi.
«Qizil shaytonlar» matbuot xizmati xabariga koʻra, 28 yoshli Bayındır kelasi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etadigan Vigo jamoasi safini ijara asosida toʻldirdi. «Manchester Yunayted» rahbariyati va murabbiylar shtabi darvozabonga yangi klubida omad tilagan.
Altay Bayındır «Manchester Yunayted» tarkibiga 2024 yilda qoʻshilgan edi. Undan oldin esa turkiyalik futbolchi oʻz yurtida «Fenerbahçe» va «Ankaragücü» klublari sharafini himoya qilgan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda Bayındır Angliya chempionati doirasida «Manchester Yunayted» tarkibida olti oʻyinda maydonga tushdi. Biror marta darvozasini daxlsiz saqlab qolishga erisholmadi.

Fikrlar