“Manchester Yunayted”: Endi Ronalduni hech kim olmaydi

  • 09.10.2022 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” rahbariyati 37 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu qishki transferlar davrida ham jamoadan keta olmasligiga ishonmoqda.

Portugaliyalik hujumchi yozdan beri Manchesterni tark etmoqchi bo‘lyapti. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, yozda rasmiy taklif faqat Saudiya Arabistonidan bo‘lgan.

O‘tgan mavsumda jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan yulduz bu gal faqat bitta to‘p kiritishni uddaladi xolos.

“Manchester Yunayted” rahbariyati Evropaning katta klublaridan Ronalduga qiziqish umuman yo‘qligini inobatga olib, portugaliyalik yulduz qishda ham hech qayoqqa keta olmasligiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!