"Manchester Yunayted" Frantsiya terma jamoasi hujumchisini nishonga oldi
"Foot Mercato" nashrining xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" rahbariyati PSJ hujumchisi Randal Kolo-Muaniga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Mankuniyanlar frantsuz futbolchisini markaziy hujumchi ("to‘qqizinchi raqam") pozitsiyasi uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda va u bo‘yicha allaqachon so‘rov yuborgan.
Unga nisbatan qiziqishni "Nyukasl" ham namoyon qilmoqda. Klub hujumchi vakillari bilan aloqaga chiqqan. Cababi — jamoa etakchi to‘purari Aleksandr Isakka boshqa klublar, jumladan Saudiya Arabistoni jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Kolo-Muani ijara asosida o‘ynagan "Yuventus" ham uni to‘liq sotib olishdan umid uzmagan.
Fikrlar