“Manchester Yunayted” hujumchisi boshqa superklubga o‘tyapti

  • 17 dekabr, 2021, 15:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Antoni Marsyal faoliyatini A Seriyada davom ettirishi kutilmoqda. “Manchester YuNayted” asosiy tarkibiga kira olmayotgan frantsiyalik futbolchi “Yuventus”ga o‘tishi aytilmoqda.

Tecno

Football Italia nashrining xabar berishicha, Marsyalni qo‘lga kiritish uchun turinliklar inglizlarga 15 million evro miqdorida kompensatsiya to‘lashi kerak bo‘ladi.

Avvalroq, futbolchining agenti Marsyal qishda “Manchester Yunayted”ni tark etishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Ayni paytda tomonlar dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi. “Yuventus” vakillari tez orada futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olishi kerak.

Marsyal joriy mavsumda 10 ta uchrashuvdan ishtirok etib, o‘z hisobiga atigi bitta gol yozdirdi xolos.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!