“Manchester Yunayted” katta transferni uddaladi
“Manchester Yunayted” mutasaddilari yangi bosh murabbiy Erik ten Xag o‘z jamoasida ko‘rishni istagan futbolchilardan biri – Lisandro Martinesning transferini uddaladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar “Ayaks” klubi bilan transfer borasida to‘liq kelishuvga erishgan.
Unga ko‘ra, amsterdamliklar 55 million evro va qo‘shimcha bonuslarga ega bo‘ladi. Argentinalik futbolchining o‘zi jamoa bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.
Martinesga “Arsenal” ham da’vogarlik qilayotgan edi. Biroq, “kanonirlar” raqobada manchesterliklarga bas kela olmadi.
Fikrlar