“Manchester Yunayted” PSJning “nog‘orasiga o‘ynamadi” va ikkita zo‘r o‘yinchi topdi

  • 8 avgust, 2024, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” mutasaddilari bir necha oy davomida PSJ bilan yarim himoyachi Manuel Ugarte transferi bo‘yicha muzokara olib bordi.

Tecno

Parijliklar o‘zlariga kerak bo‘lmagan o‘yinchi transferidan mo‘may daromad ko‘rish maqsadida 23 yoshli futbolchi uchun katta badal puli talab qildi.

Muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugadi, tomonlar kelisha olmadi va Ugartening Angliyaga transferi bekor bo‘ldi.

Manchesterliklar Manuel Ugarte o‘rniga boshqa ikki nomzod topdi. Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, Angliya grandi Braziliya terma jamoasi a’zolari – “Vulverxempton”da o‘ynayotgan Joao Gomes va “Fluminense” yarim himoyachisi Andreni nishonga oldi.

“Bo‘rilar” o‘z o‘yinchisini nacha qimmat – 60 million evroga baholamoqda. Andrening transferi xaridorga 35 million evroga tushadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!