"Manchester Yunayted" "Real" futbolchisi uchun 80 million taklif qilmoqchi

  • 19 avgust, 15:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi a’zosi Eduardo Kamavinga faoliyatini angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, yarim himoyachining transferiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" rahbariyati futbolchini sotib olish uchun 80 million evro atrofida mablag‘ ajratishga tayyor. Jamoa ustozi Ruben Amorim frantsiyalik futbolchining transferini ma’qullagan.

Eduardo 2021 yilda "qirollik klubi" safini to‘ldirdi. Yarim himoyachi va Ispaniya grandi o‘rtasidagi mehnat shartnomasi muddati 2028/2029 yilgi mavsum oxirida tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!