"Manchester Yunayted" Roxoga narx qo‘ydi

  • 25 may, 2020, 17:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” klubi rahbariyati joriy yozgi transferlar davrida argentinalik himoyachi Markos Roxoning transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “qizil iblislar” 30 yoshli futbolchini 13,5 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Uning xizmatlariga esa “Boka Xuniors” va “Estudiantes” klublaridan qiziqishlar bor.

Mavsumni “Estudiantes” klubi safida ijarada o‘tkazayotgan Roxo 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Uning MYu bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!