“Manchester Yunayted” va “Liverul” La Liganing yangi yulduzini sotib olmoqchi

  • 7 iyul, 2022, 13:25
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilbaoning “Atletik” klubi hujumchisi Niko Uilyams faoliyatini Angliya Premer ligasida davom ettirishi mumkin. Futbolchiga “Liverpul” va “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Niko (Inyaki Uilyamsning ukasi) basklar jamoasining yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda 19 yoshli futbolchi “Atletik”ning asosiy jamoasida o‘z debyutini amalga oshirdi. Hujumchi harakatlari va driblingi bilan bilan ko‘plab jamoalar e’tiboriga tushdi.

“Fichajes” nashri xabariga ko‘ra, ayni paytda "Liverpul" va "Manchester Yunayted" yosh hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun muzokara boshlash arafasida.

Futbolchining Bilbao klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Uilyams o‘tgan mavsum “Atletik”ning La Liga doirasidagi 34 o‘yinida maydonga tushgan. “Transfermarkt” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer narxi 12 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!