
"Manchester Yunayted"ga ajoyib yarim himoyachi kelmoqda
"Milan" klubi yarim himoyachisi Xakan Chalxanogluni APLda kutishmoqda. Futbolchiga "Manchester Yunayted" xaridor. Bu haqda germaniyalik jurnalist Kristian Falk tvitterdagi o‘zining sahifasida yozib qoldirdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Xakan Chalxanoglu "Milan" bilan hali ham shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelisha olmayapti. Shu sababli futbolchi MYuga ko‘chib o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Hatto o‘tgan yozda ham mankunianliklar turkiyalik futbolchining vakili bilan muzokara o‘tkazgan. "Manchester Yunayted" Xakan Chalxanogluni erkin agent sifatida safga qo‘shib olib, tarkibni kuchaytirmoqchi.
Fikrlar