"Manchester Yunayted"ni yozda ikki himoyachi tark etadi

  • 16 may, 2023, 18:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubini yozda ikki himoya vakili tark etadi. Bular Fil Jons va Aksel Tuanzebe ekani aytilyapti. 

Ma’lum bo‘lishicha, ikki futbolchi ham erkin agent sifatida jamoa bilan xayrlashadi. Ikkala himoyachi ham yangi klub izlashni boshlab yuborishgan.

Agar mudofaa vakillari Manchester klubidan ketadigan bo‘lsa, rahbariyat yangi himoyachi ham sotib olishi kerak bo‘ladi. "Qizil iblislar" short-listidan hozircha "Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni va "Milan" a’zosi Fikayo Tomori kabi futbolchilar o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!