"Manchester Yunayted"ning asosiy maqsadi aniq

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted"ning asosiy trnasfer maqsadi ma’lum. Inglizlar yozda "Milan" hujumchisi Rafael Leauni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. 

"Telegraph" nashrining yozishicha, "qizil iblislar" portugaliyalik iqtidorni olib kelish uchun bor kuchini ishga soladi. Manchester klubi anchadan buyon hujumchiga muhtoj. 

Shu tariqa, MYu erkin agent sifatida jamoani tark etgan Krishtianu Ronalduning o‘rnini to‘ldirmoqchi. Qishda shov-shuvli transferlarni oshirish qiyin, shuning uchun klub mavsum yakunini kutmoqchi. 

Leau joriy mavsum A Seriyada 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 5 golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!