"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi MMA da debyut qiladi

  • 27 aprel, 00:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” va Frantsiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Patris Evra 23 may kuni Parijdagi "Professional Fighters League Europe" turnirida ishtirok etadi. Biroq hozircha uning raqibi e’lon qilinmadi.

"Men dunyoning eng katta stadionlarida futbol o‘ynadim. Jamoam uchun kurashdim. Yirik sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Endi boshqa sport turida yangi cho‘qqilarni zabt etmoqchiman. Parijdagi turnirdan umidlarim katta!" - dedi frantsiyalik MMA dagi debyuti oldidan.

Ma’lumot uchun, Patris Evra sakkiz yarim yilni "Manchester Yunayted"da o‘tkazgan va shu vaqt ichida besh marta Premer-liga chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!