Manchesterda futbolchilar klubdan yetakchi oʻyinchiga yangi shartnoma berishni talab qilyapti
Angliya Premier-ligasida sekin-asta mavqeini tiklashga kirishgan “Manchester Yunayted” futbolchilari klub rahbariyatidan himoyachi Garri Maguayr bilan shartnomani uzaytirishni so‘rayapti.
Bu haqida The Sun nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, manchesterlik futbolchilar Angliya terma jamoasi markaziy himoyachisi jamoani bepul tark etmasligi kerak, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, Maguayrning shartnomasi 2026 yil yozida tugaydi va boshqa klublar allaqachon u bilan muzokara olib borishi mumkin.
Maguayr 2018-2019 yilgi mavsumdan buyon “Manchester Yunayted”da o‘ynab kelmoqda. Ilgari u jamoaga sardorlik ham qilgan.
Joriy mavsumda 32 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 10 million yevroga baholanmoqda.
Fikrlar