Manchesterliklar hujumni kuchaytirish uchun PSJ yulduzini sotib olishmoqchi

  • 14.03.2026 20:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Qizil iblislar” hujum chizigini yanada kuchaytirish maqsadida PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaга qiziqish bildirmoqda. Sobiq himoyachi Paul Parker fikricha, gruziyalik futbolchi jamoaga keladigan bo‘lsa, bu “qizil iblislar” uchun juda foydali transfer bo‘lishi mumkin. Bu haqida Goal.com nashri xabar berdi.

“Manchester Yunayted” 2025 yil yozida hujumni kuchaytirish uchun katta mablag‘ sarflagan edi. Klub “Vulverxempton”dan Mateus Kunyani 62,5 million funt evaziga, “Brentford”dan esa Brayn Mbeumoni 65 million funtga sotib olgan.

Mbeumo joriy mavsumda 10 gol va 3 assist qayd etgan bo‘lsa, Kunya 6 gol va 2 assist bilan jamoaga yordam bеrmoqda. Shu bilan birga, hujumchi Benyamin Sheshko ham so‘nggi o‘yinlarda yaxshi forma ko‘rsatib, 9 o‘yinda 7 gol urdi.

Paul Parkеrning aytishicha, Kvaratsxeliya chap qanotda Kunyaga qaraganda ko‘proq sifat va xavf olib kelishi mumkin.

“U ajoyib futbolchi va “Manchester Yunayted” uchun juda yaxshi transfer bo‘lardi. U juda mehnatkash va qanotda jamoaga ko‘proq foyda olib keladi”, — dedi Parker.

Shu bilan birga, transferning amalga oshishi oson bo‘lmasligi ham aytilmoqda.

Kvaratsxeliya 2025 yil yanvarida “Napoli”dan PSJga 70 million yevro evaziga o‘tgan. O‘shandan beri u klub bilan Liga 1, UEFA Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi. Gruziyalik futbolchi Parij klubi safida 67 o‘yinda 19 gol urishga erishgan.

Futbolchining o‘zi esa yaqinda Parijda o‘zini juda yaxshi his qilayotganini aytgan edi.

Agar “Manchester Yunayted” Kvaratsxeliyani sotib olmoqchi bo‘lsa, transfer juda qimmatga tushishi mumkin. Chunki PSJ uni katta mablag‘ evaziga sotib olgan va futbolchini osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Evropaning boshqa top-klublari ham unga qiziqish bildirishi ehtimoli yuqori.

Qobulov Navruz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!