Manchesterliklar nega Tchuamenini olmagani ma'lum bo'ldi

  • 07.09.2026 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning mashhur klubi «Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida «Real» yarim himoyachisi Orelien Tchuameniga jiddiy qiziqqan, ammo keyinchalik uning transferiga qo‘l urmaslikka qaror qilgan. 

Bu haqida The Sun Football nashri xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Tchuameni «Manchester Yunayted» uchun yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishda ustuvor nomzodlardan biri bo‘lgan. Klub rahbariyati uni jamoa o‘yinini mustahkamlaydigan muhim futbolchi sifatida ko‘rgan.

Shu bilan birga, muzokaralar davomida asosiy to‘siq futbolchining maoshi bo‘lgani aytilmoqda. Manchesterliklar Tchuameniga taklif etilishi kerak bo‘lgan yuqori maosh klubning amaldagi ish haqi tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishidan xavotirga tushgan.

Natijada «Manchester Yunayted» transferni amalga oshirishdan voz kechgan va boshqa variantlarni ko‘rib chiqishga majbur bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Orelien Tchuameni «Real» tarkibida barcha musobaqalar hisobida 49 ta o‘yinda maydonga tushdi. Fransiyalik yarimhimoyachi shu davr mobaynida 2 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!