Maradona nega doim ikkita soat taqqan? Bu sirni Ronaldo ochdi

  • 3 dekabr, 2020, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Diego Maradona doim ikkala qo‘lida soat taqib yurgan. Buning sababini ko‘pchilik bilmaydi. Argentinalik marhum futbolchi bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan Ronaldo bu sirni ochdi.

Tecno

- Diego futbolga katta meros qoldirdi. Olamdan o‘tganini hazm qilish qiyin bo‘lyapti. U ko‘p odamlarning hayot tarzini o‘zgartirgan. U meni ilhomlantirgani uchun bir umr minnatdorman.

Bir marta Maradona Madridga kelganidan birga ovqatlangan edik. U har doim ikkita soat taqardi. Diego bu soatlarni hech echmasligini ko‘p gapirishardi. Men undan nega ikkita qo‘liga soat taqib olganini so‘radim. U bu soatlar qizlaridan sovg‘a ekanini va shuning uchun ham doim qo‘lida ekanini aytdi, - dedi Ronaldo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!