Maradonaning o‘limida uning shifokori ayblanmoqda

  • 30 noyabr, 2020, 11:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentiga prokuraturasi Diego Maradonining o‘limi bo‘yicha uning shaxsiy shifokori Leopoldo Lukega ayblov e’lon qildi.

Tecno

Bunga Maradonaning qizlari da’vosi sabab bo‘ldi. Ular shifokor otasiga etarli darajada e’tibor qaratmaganini ta’kidlamoqda.

Bu da’vo ortidan sud Lukening uyida va shifoxonasida tintuv o‘tkazishga ruxsat berdi. Shifokorning shaxsiy mobil telefonlari, kompyuter va kasallik tarixiga oid hujjatlar o‘rganish uchun olib qo‘yildi. Tezkor xodimlar shifokor bemorga tibbiy yordam ko‘rsatishda xatoga va e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yganini isbotlashi kerak bo‘ladi.

Maradona 25 noyabr kuni surunkali  yurak etishmovchiligi ta’sirida kelib chiqqan o‘pka shishishi oqibatida vafot etgani aniqlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!