
Marat Bikmaev rasman "So‘g‘diyona" a’zosiga aylandi
“Lokomotiv”ni tark etgan 36 yoshli hujumchi Marat Bikmaev yangi mavsumni “So‘g‘diyona” tarkibida boshlashi aniq bo‘ldi. Boisi, futbolchi jizzaxliklar bilan bir yilga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoev hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Bikmaevning tajribasidan foydalanishni lozim topgan. Chunki Baqoev ham qanday hujumchi bo‘lganini hammamiz yaxshi bilamiz. Balki, Marat “So‘g‘diyona”da ikkinchi yoshligini namoyish etar!
Bikmaev faolyati davomida O‘zbekistonda asosan “Paxtakor” hamda “Lokomotiv”da to‘p surgan. “So‘g‘diyona” esa uning Superligadagi uchinchi jamoasiga aylandi. Qolaversa, Rossiyaning “Krilya Sovetov”, “Rubin”, “Spartak-Nalchik”, “Alaniya”, Qozog‘istonda esa “Aktobe” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar