Mareska Grilishga ikkinchi imkoniyat berishga tayyor
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Jek Grilish klubdagi faoliyatini qayta jonlantirishi mumkin.
TEAMtalk nashri xabariga ko‘ra, "shaharliklar"ning yangi bosh murabbiyi Enco Mareska Grilishni jamoada qoldirish tarafdori. Ko‘plab mish-mishlarga, futbolchi klubni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga qaramay, italyalik mutaxassis unga yangi mavsumda o‘z tizimida muhim o‘rin topishga tayyor. Ma’lumotlarga ko‘ra, Mareska yarim himoyachiga maydonda bir nechta yangi vazifalar taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Jek Grilish 2021 yili "Aston Villa"dan "Manchester Siti"ga 117 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 yildagi mavsumda angliyalik futbolchi "Everton" tarkibida ijara asosida o‘ynadi. U "iriskalar" safida barcha musobaqalarda jami 22 o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali Grilishning hozirgi bozor qiymatini 20 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar