Marhum Diogu Jota 2025 yilning eng zo‘r futbolchisi bo‘ldi
Italiyaning Tuttosport nashri “Liverpul”da o‘ynagan portugaliyalik marhum o‘yinchi Diogu Jotani 2025 yilning eng zo‘r futbolchisi, deb e’lon qildi.
- Biz ushbu sovrinni Diogu Jotaga berishga qaror qildik. Bu tanlov portugaliyalik futbolchi butun futbol olami uchun namuna ekanini yana bir bor tasdiqlaydi, - deyiladi sovrin tashkilotchisi bo‘lgan Tuttosport nashri bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli Diogu Jota va uning tug‘ishgan ukasi Andre 2025 yilning 3 iyul kuni Ispaniyada avtohalokatga uchrab, halok bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Jota mashinasining shinasi yorilib ketishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan, avtomobil yo‘l chetiga chiqib, urilganidan keyin yonib ketgan.
Bu mudhish voqea butun futbol jamoatchiligini larzaga soldi.
Fikrlar