Markinos borasida PSJ bir qarorga keldi

  • 31.07.2023 05:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Himoyachi Markinos yozgi transfer oynasida PSJni tark etmaydi.

Manbaga ko‘ra, Frantsiya chempionlari futbolchini boshqa jamoaga qo‘yib yuborish niyatida emas. Parijliklar sardoriga uchta klub qiziqish bildirmoqda, shu jumladan Saudiyaning "An-Nasr" jamoasi ham. Futbolchining PSJ bilan shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar amal qiladi.

Avvalroq, u Mbappening yonini olgani tufayli parijliklar rahbariyati uni sotib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar chiqayotgandi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!