"Marsel" futbolchisiga Italiya grandlari xaridor

  • 20 avgust, 15:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Marsel" klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, "Marsel" futbolchini sotuvga qo‘yib, uning transferidan 15 million evro ishlab olishni maqsad qilgan. Futbolchining xizmatlariga Italiyaning ikki klubi "Milan" va "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. Frantsuz klubi Liga-1 ning ilk turida Rabo va Jonatan Rouning janjali oqibatida ikki futbolchini ham sotib yuborishni e’lon qildi. 

Ma’lumot uchun, 30 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda umumiy 31 o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!